Rossiya Federatsiyasiga yetkazib berish: bu qanday ishlaydi?

Angren Karton Qogʻoz Kombinati allaqachon Rossiyaga qog‘oz va karton eksportini amalga oshirmoqda.
Biz bilamizki, aniqlik va qulaylik — eng muhim jihatlar. Shu bois biz jarayonni siz uchun soddalashtirdik.

Jarayon qanday kechadi:

  1. Mahsulot — GOST bo‘yicha.
    Bizning qog‘oz va karton GOST talablariga to‘liq javob beradi, laboratoriya sinovlaridan o‘tgan va xalqaro bozorda ishlashga tayyor.

  2. O‘zingiz olib ketasiz — ammo bizning yordamiz bilan.
    Biz samovivoz tizimida ishlaymiz, lekin barcha hujjatlarni tayyorlash, qadoqlash va yuklashda to‘liq yordam beramiz.
    Shuningdek, ishonchli logistika kompaniyalarini tavsiya qilamiz.

  3. Tezlik.
    Partiyani shakllantirishdan tortib, yuk jo‘natilishigacha bo‘lgan barcha bosqichlar aniq yo‘lga qo‘yilgan. Ishni kechiktirmay, tez bajaramiz.

  4. Menejer ko‘magida.
    Har bir bosqichda siz bizning menejer bilan aloqada bo‘lasiz. U buyurtmangizdan tortib yuk jo‘natilishigacha bo‘lgan jarayonni nazorat qiladi.

Hamkorlikka tayyormisiz?
Yozing — hajm, zichlik va shartlarni muhokama qilamiz.

AKQK — ishonchli eksport hamkoringiz.